Texnopark haqida

Texnopark haqida

O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi industrial parki xorijiy kompaniyalarining O‘zbekistonda ishlab chiqarishini mahalliylashtirish maqsadida tashkil etilgan. Texnopark hududida har qanday yer uchastkasi va bino yaqinida elektr ta’minoti tarmoqlariga ulanish nuqtalari bo‘lgan rivojlangan muhandislik infratuzilmasi barpo etilgan. Bu yerda rezidentlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Umumiy maydon 29 gektar, bino va inshootlarning loyiha maydoni 137 kvadrat metrdan ortiq.

Texnoparkni tashkil etish uchun «Olmaliq KMK «AJ nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (sobiq “O’zQQChMK” AJ) va «Maxam-Chirchiq»AJ korpuslari tanlangan.

Ximgrad texnopolisining g’oyasi rezidentlarga ijara va/yoki sotib olish huquqi bilan maydonlar va yer uchastkalarini berishdir. Keng qamro’vli muhandislik infratuzilmasining mavjudligi ishlab chiqarishni tezda boshlashga imkon beradi. Maydonni boshqarish professional boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, ish «yagona darcha» tamoyili asosida tashkil etiladi.

Texnopark rezidentlari bu – kam tonnali kimyo, polimerlarni qayta ishlash, energetika, mashinasozlik, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, tibbiy texnologiyalar sohasida ishlaydigan kichik va o’rta biznes kompaniyalaridir.

Texnoparkni yaratish bo‘yicha ishlar “Ximgrad” texnopolis tomonidan “O‘zkimyosanoat” AJ bilan hamkorlik doirasida hamda Tatariston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlarining bevosita ko‘magida amalga oshirilmoqda. Bu loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, texnoparkni barqaror ishlashi va rezident korxonalarga imtiyozlar berilishini kafolatlaydi.