“Chirchiq” texnoparki rezidenti “ORGSINTEZ KIMYO ZAVODIS” MChJ o’z ishlab chiqarishni boshladi va “AdBlue” brendi ostida reagentning birinchi partiyasini Qozog’istonga yubordi.
Ishlab chiqaruvchi oyiga 1200 tonna mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulot to’liq eksportga yo’naltiriladi.
Bugungi kunga kelib kompaniya Rossiya, Yevropa, Turkiya, Ozarbayjon, Armanistonga mahsulot eksport qilish bo’yicha shartnomalar imzolagan.