Tatariston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi ishbilarmonlar biznes-forumi boshlandi

2023-yil 17-oktyabrda O’zbekiston va Rossiya ishbilarmonlar uchun biznes-forum boshlandi. Birinchi kun “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida bo’lib o’tdi.

Tadbirda Tatariston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari-sanoat va savdo vaziri O. V. Korobchenko boshchilidagi delegatsiya ishtrok etdi. Delegatsiya a’zolari Ichida Rossiyadan 30 nafar tadbirkorlar ham istrok etdi.

Mehmonlar “Chirchiq” texnoparki rezidentlarining ishga tushirilgan ishlab chiqarishlariga tashrif buyurishdi: «Rhodium Polymer» MChJ ko’pikli polipropilen ishlab chiqaruvchisi, «VR-PLAST TPE» MChJ termoelastoplastlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi, «Himplast Corp» MChJ QK nostandart kimyoviy chidamli mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi, «DECONEXT CORP» MCHJ XQ dekorativ-qog’oz-qatlamli plastik ishlab chiqaruvchisi.

Biznes-forum davomida Chirchiq shahri haqida taqdimot bilan shahar hokimi D. A. Hidoyatov, «Chirchiq» texnoparki – «Ximgrad» AJ bosh direktori A. M. Gizzatullin, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajribasi xaqida «VR-Plast TPE» MChJ direktori A. B. Polyakov, Toshkent kimyo va texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o’rinbosari M. Karimov institutning yangi ishlanmalari to’g’risida so’z yuritdilar. Shuningdek, «O’zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi T. R. Muhamedjanov tadbir ishtirokchilari uchun tabrik so’zladi.

17-19 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan biznes-forum doirasida «Chirchiq» va «Jizzax» kimyo-industrial texnoparklari faoliyati, xorijiy investorlar uchun taqdimotlar, road-show, sohaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha muzokaralar olib boriladi. Shuningdek, “Jizzax” texnoparki taqdimoti bo’lib o’tadi.

Rossiya korxonalari O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati, jumladan, «Chirchiq» va «Jizzax» texnoparklarida ishlash imkoniyatlari bilan tanishadi. Biznes missiyasi dasturi texnoparklarga tashrif buyurish, biznes-forum va B2B uchrashuvlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.