2022 yil 9 dekabr kuni «Chirchiq» kimyo-industrial Texnoparkiga Janubiy Koreyadan yigirmattadan ortiq delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Chirchiq shahar hokimligi, «Chirchiq kimyo-industrial texnoparki boshqaruv kompaniyasi», sanoat va qurilish texnikasini tiklash bo’yicha Koreya assotsiatsiyasi, «Green Kapra» MCHJ, Koreya sanoat texnologiyalari institutining Koreya milliy toza ishlab chiqarish markazi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumini imzolashning rasmiy marosimi bo’lib o’tdi.
Ushbu shartnoma O’zbekistonda qayta tiklanadigan avtomobil qismlarini ishlab chiqarish platformasini yaratish bo’yicha innovatsion va investitsiya loyihasini birgalikda amalga oshirishga yordam beradi.
Mehmonlar Texnopark faoliyati bilan tanishib, rezident maqomini olishning afzalliklari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi va hududni ko’zdan kechirishdi.
Tadbirda Chirchiq shahar hokimi ham ishtirok etdi.