“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi ishlab chiqarish va ofis xonalari tanlov asosida ijaraga beriladi.
Texnoparkning birinchi maydonchasida bo’sh ishlab chiqarish binolarining umumiy maydoni 46 419 kv.m va ofis xonalari – 2 178 kv. m. Ofis xonalari ikkinchi va uchinchi qavatlardagi ma’muriy-maishiy majmua binosida joylashgan.
C blokida 3 168 kv.m ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan bo’sh maydon.
D blokida 6264 kv. m band emas, F blokida esa – 36 923 kv.m. F blokining binosi uch qavatli va yuk liftiga ega.