2023-yilning 24-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasining turli hududlari delegatsiyalari biznes missiyalari va “INNOPROM. Markaziy Osiyo 2023” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurdi.
Jami 115 nafar mehmon yetib keldi, ular texnopark faoliyati va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan rezidentlar bilan tanishtirildi. Ular orasida Ryazan viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri Andrey Vorfolomeev, Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Isojon Gurbanzoda ham bor edi.
Bundan tashqari, texnoparkga Rossiya Federatsiyasining Leningrad, Tyumen, Tula, Saratov, Orenburg va Tomsk viloyatlari, Xakasiyaning Abakan shahridan, Sankt-Peterburg shahri va Udmurt Respublikasidan delegatsiyalar keldi.
Tashriflar doirasida Sankt-Peterburg va Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov bilan muzokaralar oʻtkazdi.