2022 yil 9 dekabrda Tatariston Respublikasidan, Rossiya Federatsiyasidan Bosh vazir o’rinbosari Roman Shayxutdinov boshchiligidagi «Chirchiq» kimyo-industrial Texnoparkiga delegatsiya keldi.
Tatariston Respublikasi delegatsiyasining O’zbekiston Respublikasiga amaliy tashrifi 2022 yil 8-10 dekabr kunlari davom etadi.
“Chirchiq” Texnoparki boshqaruv kompaniyasi bosh direktori texnopark faoliyati bilan tanishtirdi, rezidentlar uchun taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar haqida so’zlab berdi.
“Chirchiq” Texnoparki direksiyasi direktori va boshqaruv kompaniyasi bosh direktori mexmonlarni, rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishtirishdi. Shuningdek, rezident kompaniyalar ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini namoyish etdi.
Bundan tashqari, delegatsiya uchun ofislar, sanoat tarmoqlari va hududlar bo’ylab ekskursiya o’tkazildi.