Rossiya Federatsiyasi tadbirkorlari uchun «Jizzax» texnoparkiga biznes-missiya boʻlib oʻtdi

2023-yil 15-17-mart kunlari “Jizzax” texnoparkiga Rossiya Federatsiyasining kichik va o’rta biznes vakillari uchun biznes-missiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi savdo vakili, Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari, Tatariston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili, Rossiya Federatsiyasining tadbirkorlari ishtirok etishdi.

Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati

Tadbirning maqsadi – rossiyalik tadbirkorlarga Jizzax viloyatining investitsiya salohiyati haqida so‘zlab berish, ularni “Jizzax” texnoparkida amalga oshirilayotgan ishlar bilan hamda mazkur loyihaning xususiyatlari va imkoniyatlarin bilan  tanishtirish.

2023-yilning 16-mart kuni biznes-missiya ishtirokchilari Jizzax shahrida Birinchi mintaqaviy tarmoqlararo yarmarka ochilish marosimiga tashrif buyurishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari German Lerner tantanali nutq so‘zlashdi.

Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati

Tashrifning asosiy joyi “Jizzax” texnoparki bo’ldi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari texnopark hududidagi rekonstruksiya rejalari va ish sharoitlari bilan tanishdilar.

Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati

“Jizzax” texnoparki 13,56 gektar maydonda joylashgan. Binolarning umumiy maydoni 81 686 kvadrat metrni tashkil etadi, ma’muriy binolar — 9 377 kvadrat metrni, ishlab chiqarish binolari — 72 309 kvadrat metrni. Hozirgi kunda Jizzax Toshkent va Samarqand o’rtasidagi avtoyo’lda markaziy va g’arbiy viloyatlarni O’zbekistonning Sharqiy viloyatlari bilan birlashtirgan yirik transport uzelidir. Jizzax ham shu ikki yirik shahar bilan tezyurar temir yo’l liniyasi orqali bog’langan. Shahar aholisi 180 mingga yaqin kishi.

Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati
Foto: “Chirchiq” texnoparki matbuot xizmati

Delegatsiya aʼzolari, shuningdek, “Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim” hamda “Sharof Rashidov” muzeylari, Qozon federal universitetining Jizzaxdagi filiali, “ADM Jizzax” MChJ yengil avtomobillarni yig‘ish zavodi, Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan logistika markazida va «Vero» plastik quvurlari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga tashrif buyurdi.

Biznes-missiya ishtirokchilarini Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev bilan viloyat ma’muriyati binosida uchrashuv bo’lib o’tdi. Tomonlar O’zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, fikr almashdilar. Viloyat hokimi loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga ishontirdi.