«Chirchiq” Kimyo industrial texnoparki»ga biznes – tur tashkil etildi

Joriy yilning 4 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O’zbekiston-Koreya biznes assotsiatsiyasi (KUBA) va O’zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan O’zbekiston-Koreya biznes-forumi o’z ishini boshladi.
Forum davomida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan «Chirchiq” Kimyo industrial texnoparki»ga biznes – tur tashkil etildi.
Tashrif davomida O’zbekiston-Koreya biznes assotsiatsiyasi (KUBA) hamda 100 dan ortiq Koreya Respublikasi kompaniyalarning jami 200 ga yaqin vakillari ishtirok etishdi. Koreyalik biznes doira vakillariga «Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki ishlab chiqarish maydonlari, unda yaratilgan sharoitlar va xorijiy investorlarga taqdim etilgan qulayliklar bo’yicha to’liq ma’lumot berildi, uchrashuv davomida ishtirokchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek biznes – tur qatnashchilari “Chirchiq” texnoparki ilk rezidentlari va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Koreya ishbilarmon doira vakillari o’z loyihalarini mazkur texnopark hududida amalga oshirish bo’yicha o’z qiziqishlarini bildirdilar.