“Chirchiq” kimyo-industrial Texnoparkiga “Azot Synthezgas O’zbekiston and MDH” kongressi va koʻrgazmasi ishtirokchilari tashrif buyurishdi.
“Chirchiq” Texnoparki direksiyasi direktori Jahongir Abduraxmonov texnopark faoliyati bilan tanishtirdi, investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar haqida so’zlab berdi.
“Chirchiq” Texnoparki direksiyasi direktori Jahongir Abdurahmanov va “Chirchiq” Texnopark boshqaruv kompaniyasi direktori Farit Gazizov mexmonlarni, rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishtirishdi. Shuningdek, “VR-plast TPE” va “Rodium Polymer” MCHJ QK vakillari ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini namoyish etdi.
Eslatib oʻtamiz, «Azot Synthezgas Uzbekistan va MDH» mamlakatlarida metan gaz-kimyo sanoati yetakchilari uchun sintez gazini qayta ishlash korxonalari, hokimiyat organlari, nazorat qiluvchi organlar, texnologiya litsenziyalovchilari, ishlab chiquvchilar va uskunalar yetkazib beruvchilar, ishtirokidagi professional xalqaro platforma hisoblanadi.