Samarqandda O’zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo’lib o’tdi

2022 yilning 1 dekabr kuni Samarqandda O’zbekiston-Rossiya biznes-forumi boshlandi, unda vazirlik va idoralar, hududlar, tarmoq birlashmalari va uyushmalari rahbarlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining yetakchi kompaniya va korporatsiyalarining 500 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida “Chirchiq” Texnoparki Direksiyasi direktori Jahongir Abdurahmonov va “Chirchiq” Texnoparki Boshqaruv kompaniyasi bosh direktori Farit Gazizov ham qatnashdilar.

Tadbirda O’zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o’rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Rossiya delegatsiyasiga esa Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov boshchilik qildi.Ikki tomon o’zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni ko’zladilar.

So’nggi 5 yil ichida O’zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 3 baravar ko’payib, 3 ming donadan oshdi. Bugungi kunda O’zbekistonda Rossiya kompaniyalari bilan neft-kimyo, energetika, kon metallurgiyasi, sog’liqni saqlash va farmatsevtika, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida qiymati 20 milliard dollardan ortiq bo’lgan ikki yuzga yaqin qo’shma loyihalar amalga oshirilmoqda. «Chirchiq» Texnoparkida 12 nafar rezidentlardan 9 tasi xorijiy, 2 tasi o’zbek va bittasi qo’shma korxonalar.

Shu bilan birga, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati ustuvor yo’nalishlarda, jumladan, avtomobilsozlik, kimyo va to’qimachilik tarmoqlari, qishloq xo’jaligi va farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratayotgani ta’kidlandi.

Sanoat kooperatsiyasi va savdo bitimlarining yangi loyihalarini ishlab chiqish maqsadida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Yaqin kelajakda viloyatlarning kelgusi 2023 yilga o’zaro tashriflari jadvali tasdiqlanadi. Keyingi uchinchi mintaqalararo forumning sanasi 24-26 aprelga kelishib olindi.

Shuningdek, forum maydonida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o’rtasida uchrashuvlar bo’lib o’tdi, unda tomonlar qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o’zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tadbirda Qozon Texnopolisining «Ximgrad» AJ bosh direktori Ayrat Gizzatullin ham so’zga chiqib, «Chirchiq» Texnoparki va qo’shma loyihaning erishilgan yutuqlari haqida so’zlab berdi.